Milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, milliy liboslarimizning betakror jozibasini keng targ‘ib etish hamda xotin-qizlarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Zarbdor tumanida “Milliy kiyimlar ko‘rgazmasi” tashkil etiladi.

📅 Sana: 26-iyun
🕖 Vaqti: soat 19:00
📍 Manzil: Zarbdor tumani “Yoshlik xiyoboni”
📌 Mo‘ljal: tuman hokimligi binosi
Tadbir Zarbdor tuman hokimligi hamda Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamkorligida o‘tkaziladi.

Tadbir dasturida:

▪️ Shou konsert 
▪️ Milliy kiyimlar namoyishi
▪️ Amaliy san’at va hunarmandchilik ko‘rgazmalari
▪️ Milliy liboslarning tarixiy va madaniy ahamiyati haqida qiziqarli ma’lumotlar

Milliylik va zamonaviylik uyg‘unlashgan ushbu ko‘rgazmada ishtirok etib, milliy liboslarimizning nafisligi va boy madaniy merosimizdan bahramand bo‘ling.