📚 Bolajonlar uchun bayramona tashrif
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Zarbdor Axborot-kutubxona markazi Xizmat ko‘rsatish bo‘limi xodimlari tomonidan "Tumorcha" nomli maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurildi.
Tashrif davomida bolajonlar uchun qiziqarli suhbatlar, kitoblar taqdimoti hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi yosh avlodning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va bolalarda mutolaa madaniyatini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
Bolajonlar tadbirda faol ishtirok etib, o‘zlarining qiziqarli fikrlari va taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar. Bayramona ruhda o‘tgan uchrashuv barcha ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Yosh avlodning ma’naviy kamoloti va baxtli bolaligi yo‘lida bunday tadbirlar kelgusida ham davom ettiriladi.
🌈 Bolalar — kelajagimiz, ularning quvonchi esa barchamizning quvonchimizdir!
Bolajonlar uchun bayramona tashrif