Fondlarni to‘ldirish, saqlash va ishlov berish xizmati
AKM fondlarini shakllantirish, hisobga olish va ilmiy ishlov berish faoliyati
Xizmatning asosiy vazifalari:
- AKM fondlarini jamlashning mavzuli-tipologik rejasini ishlab chiqadi va fondni milliy hamda xorijiy nashrlar bilan komplektlaydi;
- Nashrlarning bepul majburiy nusxalari, obuna va sovg‘alar orqali fondni muntazam boyitib boradi;
- Axborot-kutubxona resurslarining hisobini yuritish bo‘yicha yo‘riqnomalar asosida kelib tushgan va chiqib ketgan adabiyotlar hisobini yuritadi;
- Fondlarni joylashtirish, saqlash va foydalanuvchilar buyurtmasiga muvofiq xizmat ko‘rsatishni tashkil etadi;
- Fondlarning fizik holatini nazorat qiladi, havo harorati me’yorlarini saqlaydi va shikastlangan varoqlarni ta’mirlashga tayyorlaydi;
- Noyob va uzoq saqlanadigan resurslarni raqamlashtirish uchun skanerlash xizmatiga tayyorlab beradi;
- Fond tarkibini ochib beruvchi barcha turdagi (kartochkali va elektron) kataloglar tizimini yaratadi va boshqaradi;
- Soha yo‘nalishi bo‘yicha metodik maslahatlar, qo‘llanmalar tayyorlash orqali boshqa kutubxonalarga yordam ko‘rsatadi.
Xizmat rahbari

Xizmat rahbari
Boymirzayeva Dilrabo Тоshtemirovnа
Fondlarni saqlash, butlash va ularga ishlov berish xizmati rahbari
Ish telefoni
+998 XX XXX XX XX
Qabul kunlari
Dushanba – Juma